Özbekiston Respublikasi prezidentining «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etiş mexanizmlarini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»ga qarori qabul qilindi.
Qarorning kiriş qismida mamlakatda qisqa muddatda innovatsiyaga yönaltirilgan iqtisodiyotni şakllantirişga va innovatsiyalarni keng joriy etiş uçun şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan keng kölamli işlar amalga oşirilgani qayd etilib, ilmiy tadqiqotlar bilan işlab çiqariş tarmoqlari örtasidagi özaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yölga qöyişga, aloqalarni mustahkamlaşga tösiq bölayotgan bir qator muammolar saqlanib qolayotgani ta'kidlangan.
Qarorga köra Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Fanlar akademiyasining:
- oliy ta'lim muassasalarida ilmiy işlar böyiça prorektor lavozimi örniga ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor lavozimini joriy etiş;
- Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan böyiça direktor örinbosarlarini bir vaqtda tegişli yönalişdagi oliy ta'lim muassasalarining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori lavozimlariga tayinlaş;
- oliy ta'lim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamğarmalar va ilmiy-innovatsion işlanmalarni tijoratlaştiriş böyiça bölinmalar taşkil etiş;
- Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablağlaridan moliyalaştiriladigan qöşimça 10 ta ştat birligini ajratgan holda, Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi tuzilmasida Fan va ilmiy-texnik tadqiqotlarni rivojlantiriş boşqarmasini taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berilgan.
Belgilanmoqdaki:
- oliy ta'lim muassasalarining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektorlarini hamda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan böyiça direktor örinbosarlarini (keyingi örinlarda ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektorlar hamda ilm-fan böyiça direktor örinbosarlari deb yuritiladi) lavozimga tayinlaş Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi;
- ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektorlar hamda ilm-fan böyiça direktor örinbosarlari innovatsiya faoliyatiga oid masalalar, ilmiy-innovatsion işlanmalarni joriy etiş va tijoratlaştiriş natijalari böyiça bevosita Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligiga hisobdordir;
- Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi yiliga
















