Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nikol Paşinyanga Armaniston boş vaziri lavozimiga kirişişi munosabati bilan tabrik telegrammasi yölladi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilingan.

«Men sizning boşçiligingizdagi hukumat Mustaqil davlatlar hamdöstligi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Kollektiv xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti doirasida biz bilan döstona hamda ittifoqçilik munosabatlarini rivojlantiradi, deb hisoblaymiz», — degan Putin.

Nikol Paşinyan bugun parlamentda 59 deputat ovozini olib, mamlakatning yangi boş vaziriga aylandi. U aprel oyi davomida Armaniston poytaxti Yerevanda sobiq prezident Serj Sargsyanning boş vazirga aylanişiga qarşi ötkazilgan norozilik namoyişlari ortidan hukumat tepasiga keldi.