Şerzod Saidjanoviç Hidoyatov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent city” xalqaro işbilarmonlik markazi hududida obektlarni quriş va ulardan foydalaniş direksiyasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram-kanalida xabar berilgan.

Eslatib ötamiz “Tashkent city” direksiyasi direktori lavozimida ilgari işlab kelgan J.Ortiqxöjayev Toşkent şahar hokimi lavozimiga tayinlangan edi.

Ta’kidlab ötiş lozimki, poytaxtning Alişer Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat köçalari oraliğidagi 80 gektar hududda barpo etilayotgan mazkur zamonaviy kompleksda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, körgazma zallari, köp qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy köl, favvoralar, ijtimoiy va boşqa obektlar quriladi.

Avvalroq, şu hududdagi «Ezidiyor» töyxonasi buzilişi xabar qilingandi.