AQŞ Eron yadro dasturi böyiça kelişuvdan çiqadi va unga qarşi yangi sanksiyalarni joriy qiladi. Bu haqda seşanba kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp e'lon qildi.

«Bugun Qöşma Ştatlarning Eron yadro dasturi böyiça kelişuvdan çiqqanini e'lon qilaman», - dedi u va avvalroq noma'lum muddatga töxtatilgan sanksiyalarning yana faollaştirilişi haqidagi memorandumni imzolanişini qöşimça qildi.

Tramp fikriga köra, Eron yadro dasturi böyiça  «Umumiy qöşma tadbirlar rejasi» saqlanib qolişi Yaqin Şarqda yadro qurollari poygasining boşlanib ketişiga sabab böladi.

«Agar bu kelişuvning saqlanib qolişiga yöl qöysam, tez orada Yaqin Şarqda yadro qurollari poygasi boşlanib ketadi», - dedi u.

Tramp bayonotiga köra, Eron tomonidan atom bombasining yaratiliş ehtimoli Tehron rejimining mavjudligiga raxna soladi. 

«Eron kelişuvi nazariy jihatdan Qöşma Ştatlar va ularning ittifoqdoşlarini Eron yadro qurolini aqlsizlarça işlatilişidan himoya qilişi kerak edi. Ammo, aslida u Eron rejimining saqlanib qolişiga raxna soladi», - dedi u.