Yevropa Ittifoqi rahbarlari AQŞning Eron bilan yadroviy bitimdan çiqişi va Vaşingtonning tajovuzkor savdo siyosatini 17 may kuni Sofiyada bölib ötadigan Yevropa Ittifoqi – Ğarbiy Bolqon sammitida muhokama qiladilar. Bu haqda Yevropa kengaşi raisi Donald Tusk Twitter’da xabar berdi. 

«Donald Trampning Eron bilan bitim va savdo böyiça haqiqiy siyosati Yevropaning yagona yondaşuvi bilan töqnaş keladi. Yevropa Ittifoqi yetakçilari kelasi hafta Sofiyada bölib ötadigan sammitda har ikkala masalani ham körib çiqadi», - deya xabar berdi u.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik masalalari böyiça oliy vakili Federiko Mogerini «Eron xuddi hozirgi kabi kelişuv böyiça öz majburiyatlarini bajarişda davom etsa, YeI yadroviy kelişuvni töliq amalga oşirişga sodiq bölib qolişi» haqida ma'lum qilgandi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp seşanba kuni Vaşington Eron yadro dasturi böyiça bitimdan çiqişi haqida ma'lum qildi. Bu bitim Tehronning yadro sohasidagi faolligiga BMT XK sanksiyalari bekor qilinişi evaziga çeklov qöygan. AQŞ ma'muriyati rahbarining bildirişiça, Qöşma keng kölamli harakatlar rejasi Eronga yadro bombasini çeklovlarni çetlab ötgan holda yaratiş imkonini bergan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kreml AQŞ Eron bilan yadroviy bitimdan voz keçsa, Putin qaror qabul qilişi haqida bayonot bergandi.