01:07 / 09.05.2018
6737

Kann xalqaro festivali doirasida O‘zbekiston paviloni o‘z eshiklarini ochdi

Joriy yilning 8-19 may kunlari Fransiyaning Kruazet sohili bo‘yida tashkil etilayotgan 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasida ilk bora O‘zbekiston paviloni tashkil etildi. 

Dunyoning 58 ta mamlakati milliy pavilonlari qatoridan joy olgan o‘zbek paviloni 8 may kuni o‘z eshiklarini dunyoning barcha mamlakatlaridan tashrif buyurgan kino vakillariga ochdi.​

Eslatib o‘tamiz, bu galgi festivalda asosiy tanlovning hakamlar hay'atini aktrisa Keyt Blanshett boshqaradi. Asosiy tanlov dasturida 21 kartina namoyish etiladi. Ularning orasidan Jan-Lyuk Godar, Pavel Pavlikovskiy, Matteo Garrone, Tszya Chjanke, Ja'far Panohiy va Nuri Bilge Jyeylanlarning yangi ishlari o‘rin olgan.

Tanlov doirasidan tashqarida namoyish etiladigan so‘nggi film Terri Gilliamning "Don Kixotni o‘ldirgan odam" kartinasi bo‘ladi, rejissyor bu film ustida deyarli 20 yil ishlagan. 

71-Xalqaro Kann kinofestivali 19 may kuni o‘z ishlarini yakunlaydi. ​

Mavzuga oid
Top