Tokio tovar birjasida Dubay xom neftining joriy yil oktabr oyida yetkazib berişga fyuçerslar qiymati bir kilolitr (taxminan 6,289 barrel) uçun 1,37 foizga ösdi. Bu AQŞ prezidenti Donald Trampning Eron bilan yadroviy bitimdan çiqiş haqidagi qaroridan söng yuz berdi.
Soat 10:00 (Toşkent vaqti bilan 06:00)dagi holatga köra, bunday neftning bir kilolitrini yetkazib berişga fyuçerslar maksimal narxi 48 210 iyena (taxminan $440)ni taşkil etdi, bu avvalgi kundan 560 iyenaga köp.
"Xom neft fyuçerslari narxi Eron bilan boğliq vaziyat böyiça butun dunyoda xavotir kelib çiqqani tufayli oşmoqda", - deya bozor tahlilçilaridan birining sözlarini keltiradi NHK telekanali.
AQŞ prezidenti Donald Tramp seşanba kuni Vaşington Eron yadro dasturi böyiça bitimdan çiqişi haqida ma'lum qildi. Bu bitim Tehronning yadro sohasidagi faolligiga BMT XK sanksiyalari bekor qilinişi evaziga çeklov qöygan. AQŞ ma'muriyati rahbarining bildirişiça, Qöşma keng kölamli harakatlar rejasi Eronga yadro bombasini çeklovlarni çetlab ötgan holda yaratiş imkonini bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron prezidenti AQŞni psixologik uruşda ayblab çiqqandi.


















