AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Eron hukumati yadro qurolini yaratiş böyiça dasturni işga tuşirsa, jiddiy oqibatlarga duç keladi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.
«Men Eronga yadro dasturini işga tuşirmaslikni maslahat bergan bölardim. Qat'iy maslahat beraman. Agarda ular bunga qarşi iş qilişsa, juda jiddiy oqibatlarga töqnaş kelişadi», - deya aytib ötdi Tramp.
Uning qöşimça qilişiça, Eron yangi yadroviy bitim böyiça muzokaralardan boş tortsa, «nimadir aniq yuz beradi».
«Yoki biz butun dunyo uçun haqiqatdan ham yaxşi bölgan bitimni imzolaymiz, yoki umuman heç qanday bitimni imzolamaymiz», - deya xulosa qilgan Tramp.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron oliy yetakçisi Ali Xomanaiy AQŞ prezidenti Donald Trampni, u Eron böyiça yadroviy bitimdan çiqiş töğrisidagi bayonoti vaqtida köp marta yolğon gapirganligida ayblagandi.


















