O‘zbekiston | 18:42 / 10.05.2018
12018
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Ukrainadan O‘zbekistonga taqiqlangan dorilar yetkazib berilmoqda

Foto: Pixabay

Ukraina Dori vositalari va giyohvand moddalarni nazorat qilish davlat xizmati bir qator mashhur preparatlardan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda TSN xabar bermoqda.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, taqiqqa ayrim dorilar qo‘llanilganidan so‘ng o‘lim holatlari yuz bergani, shuningdek, tarkibiy nomuvofiqlik va kontrabanda sabab bo‘lgan. Umuman olganda, nashr tomonidan beshta dori nomi keltirilgan.

Ular orasida aspirin, ambroksol, bo‘g‘ma, qoqshol va poliomiyelitning oldini olish uchun vaksinalar seriyasi, shuningdek enterosgel va silga qarshi vaksina bor.

Qizig‘i shundaki, ro‘yxatdan «Lekxim-Xarkov» farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan «Ambroksol» yo‘talga qarshi tabletkalari ham joy olgan. 020315 seriyadagi preparat. №20 0.03 tabletkalar Ukrainada ro‘yxatga olinmagan. U O‘zbekiston Respublikasi bozoriga ishlab chiqarilgan.

Shu bilan birga, apteka.uz saytida MDHda ishlab chiqarilgan, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan dori vositalari ro‘yxatida «Ambroksol» 020315 seriyali preparat. №20 0,03 tabletkalari 61-bandga kiritildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid