«O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida»gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

Afv etish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • asosiy va o‘talmagan qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki qisman ozod etish;
  • jazodan shartli ozod qilish;
  • umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini yoki o‘talmay qolgan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muayyan qismini yengilroq jazoga almashtirish;
  • sudlanganlikni olib tashlash.