Saudiya Taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayr ma'lum qildiki, agar Eron yadroviy dasturni rivojlantirişni tiklasa, saudiyaliklar ham yadro quroliga ega böladi. Bu haqda u CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Biz öz odamlarimizni himoya qiliş uçun nima talab etilsa, barçasini qilamiz. Bundan ham avval bir neça marta ma'lum qilganmiz, agar Eron yadro quroliga ega bölsa, bizda ham böladi», — degan Odil al-Jubayr.
U Eron bilan yadro kelişuvi avvalboşdan mukammal emasdi va ballistik raketalar işlab çiqarilişiga ham, Eronning terrorizmni qöllaşiga ham heç qanday ta'sir körsata olmasdi. Şuningdek, vazir Saudiya Arabistoni öz yadroviy bombasini işlab çiqişni istamasligi, ammo Eronning ehtimoliy harakatlariga mos ravişda javob qaytariş zarurligini ta'kidlab ötgan.
Mart oyida Saudiya Arabistoni taxti valiahdi şahzoda Muhammad ibn Salmon Al Saud mamlakatda Eronning harakatlariga javoban yadroviy qurol paydo bölişi mumkinligini aytib ötgandi. U şuningdek, yaqin yillarda Eron va Saudiya Arabistoni örtasida uruş boşlanişi mumkinligini istisno etmagandi.


















