Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan «Mumtoz» to‘yxonasi buziladi. Bu haqda KUN.UZ’ning Toshkent shahar hokimligidagi axborot manbasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni damda ushbu to‘yxonani buzish masalasi rejaga kiritilgan. Bu ish taxminan 2 yildan so‘ng amalga oshiriladi. Taxminlarga ko‘ra, to‘yxona joylashgan manzildan «Suzuk ota» maqbarasi ko‘rinib turishi lozim.
Ma'lumot uchun, Shayxontohur tumanidagi «Mumtoz» to‘yxonasi 2017 yilda ochilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi «Ezidiyor» to‘yxonasi buzilishi haqida xabar berilgandi.











