11:19 / 10.05.2018
8286

O‘zbekistonliklarning necha foizi Moliya vazirligi xizmatlaridan qoniqmoqda? 

Foto: Kun.uz

Joriy yilning 23 aprelidan 1 may kuniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda Davlat byudjyetining g‘azna ijrosi bo‘yicha so‘rov o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Moliya vazirligi axborot xizmati.

So‘rov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining facebook.com ijtimoiy tarmog‘idagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sahifasida, hamda Telegram messendjyerining kanalida joylashtirildi.

Ushbu so‘rovda jami 2346 respondent qatnashdi. Qabul qilingan javoblar natijasida:

Respondentlarning 73,7 foizi byudjyet tashkilotlari uchun xaridlarning eng yuqori bahosini belgilab qo‘yish yo‘li bilan oziq-ovqat narxlarini tartibga solish amaliyotiga ijobiy baho berishdi;

54,5 foiz respondentlar 2018 yilda byudjyet tashkilotlarining olingan tovar (ish, xizmatlar) uchun yetkazib beruvchilarga o‘z vaqtida to‘lovlarning amalga oshirilishi va byudjyet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lab berilishi yuzasidan ijobiy siljishlar kuzatilayotganini ta'kidlab o‘tdilar.

So‘rov qatnashchilarining 64 foizi mutaxassislarning ko‘rsatayotgan xizmatlar qisman qoniqtirishini ta'kidladilar.

 

Top