Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif Xitoy, Rossiya va Belgiyaga taşrif buyurib, AQŞning yadroviy bitimdan çiqiş töğrisidagi qarorini muhokama qiladi. Bu haqda RIA «Novosti» idoradagi manbaga asosan xabar bermoqda.
«Zarif yakşanba kuni Qöşma keng kölamli harakatlar rejasini muhokama qiliş uçun diplomatik turneni boşlaydi. Safar Xitoydan boşlanadi, vazir bu yerda yakşanba va duşanba kunlari böladi, söng Zarif Rossiyaga boradi hamda öz hamkasbi bilan uçraşadi, keyin yevropalik hamkasblar bilan uçraşiş uçun Bryusselga yöl oladi», - deya qayd etib ötdi manba.
Uning ta'kidlaşiça, Zarif uşbu masala böyiça xorijiy davlatlar diplomatlari bilan ham qator uçraşuvlar ötkazadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Eron bilan «yaxşi bitim»ga erişiş niyatida ekani xabar berilgandi.


















