Amerika tovarlari Xitoy bojxonasidan ötişda qiyinçiliklarga duç kelmoqda. The Wall Street Journal'ning AQŞdagi savdo assotsiatsiyalari vakillariga asoslanib xabar berişiça, bojxona xodimlari Kaliforniyadan kelgan apelsin, limon va olçalar partiyalari, şuningdek AQŞning boşqa hududidan keltirilgan olmalarni odatdagidan uzoq közdan keçirişmoqda. Amerikalik rasmiylarning ma'lum qilişiça, AQŞdan keltirilgan çöçqa göşti ham odatdagidan uzoq tekşirilmoqda.
Avvallari olça bir neça soat içida, apelsin va limonlar 1-2 kunda bojxona karantinidan ötar edi, endi esa bu jarayonlar 5-7 kunni taşkil qilmoqda.
Bundan taşqari, manbada ta'kidlanişiça, Ford avtomobillari ham "noodatiy ravişda qat'iy teşiruvlardan" ötmoqda.
Ma'lumotlarga köra, bu ikki mamlakat örtasidagi savdo uruşi bilan boğlanmoqda.
















