Butun dunyo foydalanuvçilari Instagram ijtimoiy tarmoği faoliyatidagi uziliş haqida xabar berişmoqda. Downdetector servisi ma'lumotlari şundan dalolat bermoqda.
Rossiya, Markaziy Yevropa, AQŞ, Buyuk Britaniya, Braziliya, Yaponiya va boşqa qator mamlakatlarda ijtimoiy tarmoq faoliyatida nosozlik qayd etilgan. Xabarlar 10 may kuni kela boşlagan. Deyarli bir soat davomida foydalanuvçilar öz akkauntiga kira olişmagan, lentani yangilaşning iloji bölmagan va yangi post joylay olişmagan.

Instagram'ning rasmiy blogida uzilişlar haqida xabar yöq.
Mart oyi boşida Instagram ovozli va videoqönğiroqlar funksiyalarini işlab çiqa boşlagani haqida ma'lum qilingandi. Hozirça ilovada faqat şaxsiy yozişmalar orqali muloqot qiliş mumkin. Aprel oxirida ijtimoiy tarmoq funksiyalari soni foydalanuvçi profilidagi butun kontentni yuklaş imkoniyati bilan töldirildi.
Ta'kidlaş joizki, aprel oyi oxirida butun dunyo foydalanuvçilari bir neça soat Telegram messenjeriga kiriş imkonidan mahrum bölişgan edi.
















