Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Qirg‘izistonga borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi
Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining 2016 yil 19 dekabrdagi 689-sonli «Chet el fuqarolarining va fuqaroligi yo‘q shaxslarning Qirg‘iziston hududida ro‘yxatdan o‘tishi» to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, chet elliklar, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari ham Qirg‘iziston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tishlari shart, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.
Qirg‘iziston hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan Qirg‘iziston Respublikasi qonunchiligida belgilangan 10 000 som miqdorida jarima jazosi qo‘llaniladi.
Qayd etilishicha, batafsil ma'lumotni O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi elchixonasi rasmiy veb-sahifasidan (www.uzbekistan.kg) yoki elchixonaning konsullik bo‘limiga quyidagi telefon orqali murojaat qilib olish mumkin: +996 (312) 986-296.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026