Samarqand viloyati hokimligi va Lvov oblasti ma'muriyati mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Ukraina delegatsiyasi XXII “O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasida hamda XIII energetika va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga aloqador xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Rejaga ko‘ra, Ukrainaning uchta oblasti rahbarlari O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashib, ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishadi. Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida biznes-forum bo‘lib o‘tadi.











