O‘zbekiston | 07:52 / 11.05.2018
13309
4 daqiqa o‘qiladi

Hukumat qarori: Parkent tumanida sanatoriy va dam olish uylari barpo etiladi

Foto: Livejournal

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining Parkent tumanida sanatoriy va dam olish uylari barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, “Qishloq qurilish bank” ATB, “Orient finans” XATB va “Trastbank” XATBning (keyingi o‘rinlarda loyiha tashabbuskorlari deb ataladi) Toshkent viloyati Parkent tumani hududida sanatoriy va dam olish uylari (keyingi o‘rinlarda obektlar deb ataladi) barpo etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.

Qayd etilishicha, bunda, “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan barpo etiladigan dam olish uyidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi uchun alohida 50ta xona ajratish belgilab qo‘yildi.

Toshkent viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda obektlar qurilishi uchun yer maydoni ajratish ishlarini ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009 yil 20 yanvardagi 16-son qarori bilan tashkil etilgan Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari ajratish amaliyotini o‘rganish komissiyasi bilan kelishuvlarsiz amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qurilishi rejalashtirilayotgan obektlarning atrof muhitga ta'siri to‘g‘risidagi ariza loyihalarini qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishini ta'minlasin hamda ushbu obektlarni qurilish davrida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini o‘rnatadi.

Respublika ishchi guruhi (A.J. Ramatov)ga:

obektlar loyiha-smeta hujjatlarining “ToshkentboshplanLITI” DUK bilan kelishish, belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini tashkil etish;

Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, '‘O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJ bilan birgalikda barpo etiladigan obektlarning tashqi muhandislik va transport kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishida zarur yordam ko‘rsatish;

loyiha tashabbuskorlari tomonidan qurilish ishlarini tarmoq jadvallarida belgilangan muddatlarda olib borish va yakunlashni nazorat qilish vazifalari yuklandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid