NASA Marsga mini-vertolyot yuboriş niyatida. Bu 2020 yilda amalga oşadi hamda sayyorani örganiş uçun qilinadi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.
«Boşqa sayyora osmonida parvoz qiluvçi vertolyot haqidagi ğoya hayajonga solmoqda. Mars Helicopter (uçar qurilma nomi – tah.) ilm-fan kelajagi uçun köp narsa va'da qilmoqda, bunda Marsda tadqiqot missiyalari va ixtirolar ham istisno etilmaydi», - deya aytib ötdi NASA rahbari Jim Bridenstin.
Ta'kidlanişiça, mini-vertolet boşqa sayyoraga yuboriladigan, havodan oğirroq tarixdagi birinçi uçar qurilmaga aylanadi.
Oğirligi 1,8 kg bölgan vertolyot 2013 yildan beri işlab çiqilgan. U quvvatlantiriş uçun quyoş panellari va sovuq sayyora şaroitlari uçun isitiş mexanizmi bilan jihozlangan. Apparat parraklari Yerdagi vertolyotlardan 10 martaga tezroq aylanadi, sababi Mars atmosferasi nisbatan siyrak.
Qurilma 2020 yilda uçiriladi va sayyoraga 2021 yilning fevral oyida yetib boradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq InSight missiyasi Marsga parvoz qilgani xabar berilgandi.












