Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paraddan keyin adashib Sochiga uchib ketgan o‘zbekistonlik urush faxriylariga izzat-ikrom ko‘rsatildi
O‘zbekistonlik 7 nafar urush faxriysi Moskvadagi g‘alaba paradidan keyin davolanish uchun Kislovodskga borishlari kerak bo‘lgan, biroq adashib Sochigacha samolyotga chiptalar sotib olishgan. Sochi meriyasi urush faxriylarini mehmonxonaga joylashtirib, belgilangan joyga yetib olishlarida ko‘mak ko‘rsatgan. Bu haqda jurnalistlarga Sochi meri o‘rinbosari Eduard Volkov ma'lum qildi.
“Ular shunchaki adashib, Sochiga chiptalar sotib olishgan, vaholanki Kislovodskga uchishlari kerak bo‘lgan. Meriya tomonidan faxriylar o‘zlarini uzoq kutilgan mehmonlardek his qilishlari uchun barcha choralar ko‘rildi, ular Sochida joylashtirilib, Kislovodskgacha yetib olishlari ta'minlangan”, deb ma'lum qildi Volkov.
Volkovning aytishicha, o‘zbekistonlik faxriylar uchun Sochi bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etilgan, ular Qora dengiz quyoshi, dengiz havosidan bahra olishga muyassar bo‘lib, mahalliy taomlar bilan mehmon qilinganlar.
“Sochida ko‘p bo‘lganman, sanatoriyalarida davolanganman. Hozir shahar qanchalik o‘zgarib, go‘zallashib ketganini ko‘rdim. Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari nomidan mehmondo‘stlik, ajoyib qabul, kurortingiz uchun sizga katta rahmat”, deb aytgan o‘zbekistonlik faxriylardan biri, 93 yoshli Bekqul Hamzayev.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026