Tamaki va spirtli içimliklar sayyoramiz aholisi salomatligi uçun eng xavfli substansiyalar bölib çiqdi. Narkologlar Addiction naşrida çop etilgan maqolada ta'kidlaşlariça, bu substansiyalar tobelik keltirib çiqaruvçi boşqa moddalarga qaraganda odamlar hayotini köproq olib ketar ekan.
“Sayyoramizning har beşinçi katta yoşli vakili har oy bir marta bölsa ham jiddiy içkilikbozlikda iştirok etadi, har yettinçi kişisi esa har kuni tamaki çekadi. Bu ikki modda saratonga çaliniş yoki erta yoşda öliş imkoniyatlarini oşiradi. Qolgan giyohvand moddalar bir neça marta kamroq iste'mol qilinadi”, deb yozgan Sidneydagi Yangi Janubiy Uels universiteti olimi Emi Pikok va uning hamkasblari.
Olimlar oxirgi yillarda spirtli içimliklar nafaqat jigarni barbod qilişi va oğir ruhiy va fiziologik tobelikni keltirib çiqarişi, balki saraton, qand kasalligi va boşqa köplab oğir kasalliklarning rivojlanişiga sabab bölişiga köplab dalillarni topişgan. Xuddi şunday salbiy jihatlar tamakida ham topilgan.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti statistikasiga köra, içkilikbozlik va tamaki çekiş har yili mos ravişda 3,5 va 5 mln kişining hayotiga zomin böladi, bu esa avtohalokatlar va saratonning ba'zi turlari qurbonlari soniga yaqin. Bugungi kunda olimlar barça davlatlar hukumatlarini spirtli içimliklar va tamakini oğir giyohvand moddalarga tenglaştirişga va ularning iste'moli va savdosini taqiqlaşga çaqirişmoqda.
Pikok va uning hamkasblari JSST va boşqa ilmiy guruhlar mutaxassislari oxirgi bir neça ön yillar davomida töplaşgan statistikani tahlil qilib, yuqoridagi tasdiqlarni tekşirib körişdi. Tadqiqotda umumiy hisobda dunyoning turli burçaklarida yaşovçi bir neça ön millionlab kişilar iştirok etgan.
Ma'lumotlarni bir-biriga taqqoslaş, eng köp umrni tamaki olib ketişini körsatgan – vafot etganlarning 100 mingdan 110 nafari tamaki çekiş va u bilan boğliq muammolar sababli hayotdan köz yumgan. Spirtli içimliklar esa tamakidan taxminan 3 marta, barça giyohvand moddalar esa yana 10 marta kamroq hayotlarni olib ketar ekan. Spirtli içimliklardan Yevropa aholisi, tamaki çekişdan Okeaniya va Janubiy Şarqiy Osiyo aholisi köproq aziyat çekar ekan.
Bu muammolar aslida ança jiddiy bölişi mumkin, çunki Osiyo va Afrikaning noçor davlatlaridagi tamaki çekuvçilar, piyanistalar va narkomanlar hamda ularning ölimi böyiça ma'lumotlar yöq. Bu davlatlarda uşbu mahsulotlarning iste'moli köpinça ölim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi bilan jazolanişi tamaki çekiş, içkilikbozlik va giyohvandlik epidemiyalarining asl kölamlarini baholaşga imkon bermasligi qöşimça muammolar tuğdiradi.

















