Taniqli pedagog, Özbekiston Respublikasi xalq öqituvçisi, Özbekiston Qahramoni Mavluda Ismatova 2018 yil 11 may kuni 75 yoşida vafot etdi. Prezident va hukumat a'zolarining ta'ziyasi matni Özbekiston Respublikasi hukumat portalida e'lon qilingan.

M.Ismatova 1943 yil 7 mayda Toşkent şahrida tuğildi. Örta maktabni tugatganidan söng Toşkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Toşkent davlat pedagogika universiteti)ning tarix-filologiya fakultetida tahsil oldi. 

Öz mehnat faoliyatini 1968 yilda Toşkent tumanidagi 26-umumiy örta ta'lim maktabida boşlanğiç sinf öqituvçisi sifatida boşladi. 1975-1979 yillarda uşbu ta'lim maskanida ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi, öquv işlari böyiça direktor örinbosari lavozimlarida mehnat qildi. 1983 yilda u Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi 273-umumiy örta ta'lim maktabiga direktor etib tayinlandi va umrining oxiriga qadar şu dargohda samarali iş olib bordi. 
 
M.Ismatova 50 yildan ziyod pedagoglik faoliyati davomida özini mohir öqituvçi, yoşlarning sevimli ustozi, öquv-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda taşkil etiş, ta'limni hayot va amaliyot bilan uyğunlaştiriş, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş borasida katta salohiyatga ega bölgan bilimdon mutaxassis sifatida namoyon etdi. Ana şunday ezgu fazilatlari bilan mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sohasida keng kölamli islohotlarni amalga oşirişga, yoş avlodni vatanparvarlik va istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaşga munosib hissa qöşdi.
 
Fidoyi pedagog rahbarlik qilgan maktab bir neça bor “Yilning eng yaxşi maktabi” sifatida e'tirof etilgan bölib, uning pedagogik tajribasi mamlakatimiz miqyosida keng örganilib, ommalaştirilgan.
 
Boy bilim va hayotiy tajribaga ega bölgan M.Ismatova jamoat işlarida ham faol iştirok etib, el-yurt örtasida katta obro‘-e'tibor qozongan edi.
 
M.Ismatovaning köp yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U 1995 yilda “Özbekiston Respublikasi xalq öqituvçisi” faxriy unvoni, 1999 yilda “Özbekiston Qahramoni” oliy unvoni bilan mukofotlangan edi.
 
Mohir pedagog, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Mavluda Ismatovaning xotirasi qalblarimizda doimo saqlanib qoladi. 
 

Ş.Mirziyoyev, N.Yöldoşev, N.Ismoilov,