AQŞning Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqişi uning Yevropa bilan qarama-qarşiligiga olib keladi. Bunday fikrni Markaziy razvedka boşqarmasining sobiq direktori Maykl Xayden Spiegel jurnaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

Vaşington kelişuvdan voz keçişini va kelişuvgaça mavjud bölgan sanksiyalarni Eronga qayta joriy qilişini ma'lum qildi. Kelişuvga a'zo qolgan davlatlar (Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya) AQŞning bu qaroriga qarşi çiqişmoqda. AQŞning Yevropadagi hamkorlari kelişuvga rioya qilib qolişlarini aytişmoqda.

“Qarama-qarşilik birinçi navbatda Eron bilan emas, Yevropadagi döstlarimiz bilan yuz beradi. Yevropaliklar “Bizning fikrimiz inobatga olinadimi? Amerikaliklar bizni haqiqatan jiddiy qabul qiladilarmi?” deb savol berişga asosga egalar. Biz bu qaror bilan eng yaxşi döstlarimizni ğazablantiramiz va transatlantik munosabatlar barbod böladi”, deb aytgan Xayden.

“Tramp öz hukmini Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyaga ötkaza olganidan tantana qilmoqda. Biroq bu qisqa muddatli ğalaba qimmatga tuşadi”, deb xulosa qilgan Xayden.