Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroportda Janubiy Koreyaning Asiana aviakompaniyasiga qarashli Airbus A330-300 yo‘lovchi samolyoti yerda harakatlanishi vaqtida Turkish Airlines’ning Airbus A321 samolyotiga urilib ketdi. Natijada turk samolyotining vertikal stabilizatoriga shikast yetgan.





Aeroportda ma'lum qilinishicha, voqea tergov qilinmoqda. Hech kimga ziyon yetmagan.
















