Jamoaviy murojaatlar portali — Meningfikrim.uz’da fuqaro Jamşid Xoliqov muallifligida «Maktablarda öquvçilardan, ularning ota-onalaridan pul yiğiş holatlariga barham beriş va bunga yöl qöygan şaxslarga javobgarlik belgilaş lozimligi» töğrisida taklif joylaştirildi.
Jamoaviy murojaat matni quyidagiça:
«Umumiy örta ta'lim maktablarida öquv yili boşidan to oxiriga qadar har çorakda ötkaziladigan ota-onalar yiğilişlarida mablağ yiğiş masalasi muhokama qilinadi. Bu odatiy holga aylanib qolgan. Uşbu salbiy illatga bugun barham berilmasa, kelajakda bolalarimiz maktablarda öqiş örniga, aytilgan mablağni yetkaza olmagani uçun öqituvçi va sinfdoşlari oldida izza bölişi, bu esa ularning ruhiy holati va öqişiga bölgan qiziqişining susayişiga olib kelişi mumkin.
«Bolalaringiz uçun», deb turli narsalarga (xususan, supurgi va çelakdan tortib, tuğilgan kun va bitiruv keçasi tadbirlari ötkazilişi kabilarga) pul yiğiş holatlari soni ortib bormoqda.
Ota-onalar va oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyati va mavqelari bolalarining bir xil muhit va şaroitlardagi maktablarda tahsil olişiga öz ta'sirini ötkazmasligi kerak, deb öylayman.
Öquvçilar örtasida ijtimoiy jihatidan tabaqalaşuvning yuzaga kelişi turli salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin va buning natijasida öquvçi ruhiy bosim ostida qolişi mumkin. Kelajakda bolalarimizning toza vijdon va soğlom fikr egalari va aql-idrokli bölib voyaga yetişlari uçun umumiy örta ta'lim maktablari faoliyatini pul yiğiş kabi illatdan xoli qilişda jonbozlik körsataylik!» — deyiladi murojaatda.
«Şu sababli, uşbu noqonuniy jarayonga taqiq qöyilişi hamda tegişli javobgarlik çoralari va jarimalar belgilanişini sörab qolaman!» — deb tugatadi öz murojaatini Jamşid Xoliqov.
Murojjat ostida köplab hamyurtlarimiz öz fikrlarini yozib qoldirişgan. Jumladan, Furqat Davlatov bu borada öz fikrlarini quyidagiça ifoda etgan:
«Örta ta'lim maktablarida pul yiğiş illati — bolalarimizning hamma narsani pul bilan ölçaş dunyoqaraşida tarbiyalaydi. Çunki örta maktablardagi direktordan boşlab öqituvçilar va ota-onalar qömitasi (bu yangilik puxta öylab çiqilgan) orqali yiğiladigan pul yiğimlari — poraxörlik, öğrilikdan battar illat. Turli bahonali yiğimlarni bolalarimizni tölaşga majbur qilişadi, aks holda kamsitiş, öqituvçilar butun sinf jamoasini tölamayotgan öquvçiga qarama-qarşi qöyişadi, ruhiyatini şikastlantiradi. Albatta, bunday muhitda tarbiyalanayotgan öquvçilar hayotda hamma narsani pul bilan ölçaydigan insonlar bölib yetişadi, agar ruhan sinişmasa. Yaşaş joyidan kam ta'minlanganligi töğrisida ma'lumotnoma talab qiliş, bu — uni kamsitiş uçun yaratilgan hiyla-nayrang, uşbu ma'lumotnoma avvallari yordam körsatiş uçun söralar edi va oşkora aytilmas edi. Maktabda örgatilgan poraxörlik bolalarimizning iymonli, vijdonli bölib voyaga yetişlariga xizmat qilmasligi aniq!».
















