Toşkentdagi sobiq «Algoritm» zavodi Germaniya sanoat zonasiga aylantirilişi mumkin. Bu haqda «Jahon» AA tarqatgan xabarda şunday deyiladi.
Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 14-16 may kunlari Özbekiston-Germaniya ikkitomonlama hamkorlik tarixida ilk bor eng yirik delegatsiya Toşkentga taşrif buyurişi kutilmoqda.
Delegatsiya tarkibiga asosan işbilarmon kişilar kiritilgan bölib, bank va avtomobil kompaniya, kimyo, elektrotexnika sanoati, turizm va quriliş industriyasi, qişloq xöjaligi va xizmat körsatiş sohasidan bölgan 70dan ortiq vakillar mahalliy tadbirkorlar bilan aloqalarni mustahkamlaş uçun muzokaraga kirişmoqçi. Ular orasidan Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank mutasaddilar ham mavjud.
15 may kuni poytaxtda Germaniya – Özbekiston işbilarmonlar kengaşining IV yiğilişi bölib ötadi, ertasi kuni delegatsiya vakillari Buxoro viloyatida Kanuf Gips zavodi işlab çiqariş liniyasining işga tuşiriş marosimida iştirok etadi.
Taşrif doirasida, şuningdek, delegatsiya tomonidan «Algoritm» zavodi hududiga safar uyuştirilişi rejalaştirilgan. Bu yerda nemis sanoat zonasini taşkil etiş közda tutilgan.
















