2018 yil 13 may kuni soat 16.20dan 17.45gaça bölgan vaqt oraliğida Toşkent viloyati hududida qisqa muddatli kuçli yomğir yoğişi kuzatildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.
Natijada viloyatning Toşkent tumani “Çiğatoy” MFY, Zaxariq köçalarida, Parkent tumani “Qoraqalpoq” QFY köçalarida, Yuqoriçirçiq tumani “Jumabozor” MFY köçalarida, Örtaçirçiq tumani “Şolikor” MFY hududidagi Fidoyilar, Tanovor, Olmos köçalarida içki suğoriş ariqlariga yomğir yoğişi tufayli şoh-şabbalar yiğilib qolişi natijasida bir neçta xonadon hovlilarga suv toşib kirgan va körilgan çoralar natijasida, xonadonlarda suv toşqini oldi olingan.
Aholi va fuqarolarning uy-joylariga talafot yetmagan. Jarohat olganlar yöq.

















