Davlat bojxona qömitasining “Toşkent-Aero” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda “Toşkent” xalqaro aeroportida navbatdagi bojxona qoidabuzarligi foş etildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bu gal qonunbuzarlar bojsiz olib kiriş me'yorlaridan ustomonlik bilan foydalanişga urinişgan. Ya'ni, respublikamizga havo yöllari orqali kirib kelayotgan yölovçilardan foydalangan holda aslida ularga tegişli bölmasa-da, tovar-moddiy boyliklarni yölovçilarning işonçiga kirgan holda ular orqali olib kiriş rejasini tuzişgan. Bir qaraşda uşbu holatda bojxona qoidalari buzilmagandek tuyuladi. Aslida-çi?  

Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati

Joriy yilning 11 may kuni “Singapur - Kuala Lumpur - Toşkent” yönalişi böyiça uçib kelgan yölovçilarning bagajlarida kutilmagan umumiylik bor edi. Qarang-ki, bir emas, ikki emas, naqd 19 nafar yölovçi özi bilan aynan bir xil rusumdagi “Sanon” rusumli printerlarni olib kelişadi.

Ayni şu jihat bojxonaçilarning diqqatini tortdi va yölovçilarning keyingi xatti-harakatlari kuzatuvga olindi. Aeroport avtoturargohida esa şubhalar öz tasdiğini topdi. 

Yölovçilardan biri, fuqaro H. Ş. yölovçilar tomonidan bojxona nazoratidan belgilangan tartibda olib ötilgan taxminiy qiymati 48 mln. sömlik 19 dona “Sanon” rusumli printerlar va 1 dona elektr plitasini aeroport avtoturargohida yiğib olib, “Spark” rusumli avtomaşinaga yuklab olib ketayotgan vaqtida töxtatib qolindi.

Tezkor tadbir davomida ma'lum bölişiça, uşbu tovar-moddiy boyliklar yurtimizga qayta sotiş maqsadida olib kirilganligi aniqlandi.

Hozirda uşbu holat yuzasidan tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.