Argentinaning sobiq prezidenti Kristina de Kirşner 14 may kuni Hotesur firmasi orqali pul yuviş gumoni bilan sud oldida javob berdi.

Federal sudya Sebastyan Erkolini Kirşner va ularning farzandlari – Maksimo va Florensiya işini körib çiqqan.

Sudya har bir ayblanuvçi uçun 32 mln dollarlik taqiq qöyişga qaror qilgan. Uşbu iş böyiça 19 kişiga nisbatan taftiş olib borilmoqda. Sudning fikriça, Kirşner prezidentlik muddati vaqtida mehmonxona biznesidan noqonuniy pul oliş uçun foydalangan. 

Avvalroq Kirşner va uning ma'muriyatida faoliyat yuritgan yuqori lavozimli mansabdor şaxslar 1994 yilda Buenos-Ayresda yahudiylar markazidagi portlaş tergovi bilan boğliq holda sud oldida javob berişlari ma'lum qilingandi.