O‘zbekiston | 02:25 / 15.05.2018
22015
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekoziqovqatxolding piyozni 1200 so‘mdan xarid qilib oladi

Foto: buduaras.lt

“O‘zagroeksport” AJ tan narxi 1 kg 590 so‘m bo‘lgan piyozni Surxondaryo viloyatidagi dehqon va fermer xo‘jaliklaridan munosib bo‘lgan 1 kg 1 200 so‘mdan xarid qilib oladi.​ Bu haqda jamiyat Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma'lumki, O‘zbekistonning turli hududlaridagi paxtadan bo‘shagan yer maydonlarda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish yil sayin ortib bormoqda. Zaxmatkash dehqonlar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar bozorlardagi to‘kin sochinlikni ta'minlamoqda. Meva-sabzavotlarning yanada ortishi uning eksport qilinishiga turtki bermoqda. "O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasining asosiy vazifalaridan biri mahsulotlarni jahon bozorlariga yo‘naltirgan holda mamlakatga katta daromad olib kelish.

Bu yilgi piyoz hosili o‘tgan yilgiga nisbatan anchagina ortishi natijasida uning bozordagi narxi xam arzonlashganini ko‘rishimiz mumkin.

Xabarda aytilishicha, holding kompaniya tarkibiga kiruvchi “O‘zagroeksport” AJ tan narxi 1 kg 590 so‘m bo‘lgan piyozni Surxondaryo viloyatidagi dehqon va fermer xo‘jaliklaridan munosib bo‘lgan 1 kg 1 200 so‘mdan xarid qilib oladi. Tashqi bozorda ushbu mahsulotga bo‘lgan talab eksport uchun qulay sharoitlarni yaratmoqda.

Asosiysi piyoz yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi dehqon va fermer xo‘jaliklari kelajakda ushbu yo‘nalishda investitsiya kiritishlari uchun katta sarmoyaga ega bo‘lishadi. Piyoz xaridi quyidagi shartlarda amalga oshirilishi zarur: 40-60 mm kalibrli (ulchamli), 30 kg qoplarda o‘zbek piyozi Uzagro brendi ostida eksportga yo‘naltiriladi.

Murojaat uchun (+998) 71 159-29-29 bilan bog‘lanishingiz mumkin

Mavzuga oid