Kun qahramonlari. O‘zbekistonlik bolalar jahon chempioni bo‘lishdi
Moskva shahrida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon Chempionati o‘z yakuniga yetdi va unda O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Finalda o‘zbekistonlik bolalar Pokiston bilan to‘qnash keldi. Asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakuniga yetgan bahs penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi. Unda futbolchilarimiz raqiblaridan ustun kelishdi.
O‘zbekiston termasining so‘nggi zarbasini darvozabon Sergey Islomov aniq yo‘lladi. Keyin esa o‘zi raqibining zarbasini qaytarib, qahramonga aylandi. Qayd etish kerak, Pokiston terma jamoasi Jahon Chempionatiga amaldagi g‘olib sifatida tashrif buyurgandi. Endi esa mundial taxtiga o‘zbekistonlik futbolchilar chiqishdi.
Moskva—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiladigan futbolchilarimiz 17:00da Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keladi. Ularni katta tantana bilan kutib olish rejalashtirilgan.
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi jahon chempionati-2018, final
Moskva, 16 may
O‘zbekiston - Pokiston - 1:1 (pen. 5:4)
O‘zbekiston: Islamov Sergey, Shaplov Danil, Ochilov Joxongir, Ergashboyev Toir, Kotov Ruslan, Karaxanyan Ruslan, Esenbayev Aziz, Shamshilov Edgar, Son Salim
Bosh murabbiy: Asadov Jamshid.
Mavzuga oid
20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi
15:23 / 04.12.2023
Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
20:22 / 26.11.2023
O‘ziga 100 mln, murabbiyiga 50 mln. Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Afruza Hamdamova tantanali kutib olindi
15:34 / 22.11.2023