Texnologiya | 07:55 / 16.05.2018
10953
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft 8999 dollarlik planshetning yangi versiyasini taqdim etdi

Microsoft kompaniyasi o‘zining devorga osiladigan kompyuteri ikkinchi avlodi - Surface Hub’ni taqdim etdi. U korporativ foydalanishga mo‘ljallangan.

Foto: Microsoft
Foto: Microsoft

2016 yilda chiqarilgan kompyuterning birinchi avlodi diagonali 55 va 84 dyuym, tiniqligi 1080r bilan taqdim etilgan bo‘lsa, Surface Hub 2 esa 50,5 dyuymli form-faktorda, tomonlar nisbati 3:2 hamda 4K+ tiniqlikda taklif etiladi. Displey endi ham gorizontal, ham vertikal pozitsiyada bo‘lishi mumkin. Uzoqdan ovozni qabul qiluvchi mikrofonlar, aylantiriluvchi 4K-kamera, dinamiklar va barmoq izlari skaneri ham nazarda tutilgan. Bularning bari Windows 10’da ishlaydi.

Foto: Microsoft
Foto: Microsoft

Ishlab chiqaruvchi Surface Hub 2 haqida batafsil ma'lumotlarni hozircha oshkor qilmadi. Microsoft taxminiy narxni ham bildirmadi, biroq ta'kidlanishicha, sotuvlar 2019 yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Surface Hub’ning birinchi avlodi 8999 dollar turgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid