Özbekiston 2018 yilda Rossiya bilan respublika hududida atom elektr stansiyasini (AES) quriş böyiça hujjatlar imzolaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Şavkat Mirziyoyev ma'lum qildi, deb yozmoqda TASS.

«Öylaşimça, bu yil biz atom stansiyasi qurilişining boşlanişi böyiça hujjatlarni imzolaymiz», - deya aytib ötgan prezident Qandim gaz kompleksining iş tuşiriliş marosimida.

Özbekiston va Rossiya 2017 yil 29 dekabrda atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş böyiça hamkorlik bitimini imzoladi. Hujjat bir qator sohalarda, jumladan, respublikada AES qurilişi va uran konlarini özlaştiriş böyiça birgalikda işlaşni nazarda tutadi.

Rosatom rahbari Aleksey Lixaçev 2017 yilning dekabr oyining oxirida Toşkentga qilgan amaliy taşrifi çoğida Rossiya Federatsiyasi Özbekistonga respublika hududida VVER-1200 tipli bloklarga ega atom elektr stansiyasini qurib berişni taklif qilgani haqida xabar bergandi. Uning sözlariga köra, gap ikki blokli atom elektr stansiyasi haqida ketmoqda.

2017 yil 2 noyabrda Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedevning Özbekiston Respublikasiga taşrifi çoğida Rossiya-Özbekiston muzokaralari yakuni böyiça «Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi örtasida hamkorlik memorandumi, şuningdek, «TVEL» AJ (Rosatom tuzilmasiga kiradi) va Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti örtasida VVR-SM tadqiqot reaktoriga yadroviy yoqilği işlab çiqariş va yetkazib beriş böyiça şartnoma imzolandi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq «Rosatom» Özbekiston bilan mamlakatda atom elektr stansiyasini quriş imkoniyatini muhokama qilayotgani xabar berilgandi.