Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qahramon Oripov Toshkent shahar hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri boshchiligida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Qahramon Tursunovich Oripov Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Bunga qadar Qahramon Oripov O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Q.Oripov 1968 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent Moliya Institutini tamomlagan.
Qahramon Oripov 2007-2016 yillarda «Asaka» davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi, 2017-2018 yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Nozim Husanov Sergeli tumaniga hokim etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
11:35
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026