O‘zbekiston terma jamoasi 2018 yilning 16 oktabr kuni, Toshkent shahrida Qatar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi, deb xabar beradi O‘FA sayti.
Bu bilan terma jamoa yanvar oyida o‘tkaziladigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 19 may kuni Tehronda jahon chempionati ishtirokchisi Eron bilan ham o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. Bu o‘yinda murabbiylar shtabi yoshlar tarkibini maydonga tushirishni maqsad qilgan.

















