11:51 / 17.05.2018
30079

Odil Ahmedov Toshkentda masjid qurmoqchi

Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulov raisligidagi fuqarolar qabuli davomida, sportning Turon yakka kurashi turi bo‘yicha xalqaro turnirlar g‘olibi Nargiza Vahobxo‘jayeva, O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov va boshqa qator sportchilar Toshkent shahrida masjid qurish istagi borligini ma'lum qilishdi, deb xabar beradi uz24.uz.

Foto: Uz24

Sh.Turdiqulov sportchilarning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va Sergeli tumanida aholi ko‘payib borayotgani va u yerda tashkil etilayotgan yangi mahallalarda masjidga ehtiyoj borligini aytdi. 

Muloqot davomida N.Vahobxo‘jayeva boshchiligidagi sportchilarning poytaxtdagi «Islom ota», «Xo‘ja Alambardor», «Shayx Zayniddin» kabi jome' masjidlari tozaligi va obodligiga hissa qo‘shib kelayotgani ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, ular Haj ziyoratiga ketayotgan yurtdoshlarimizga ham ko‘maklashib kelayotgan ekan.

Top