Muqaddas Ramazon oyi ham kirib keldi. Bu oy özi bilan tinçlik-omonlik, qut-baraka, fayz va gözallik olib keladi. Ramazon rözasini tutişning ham bir qança qoidalari borki, uni ado etiş barobarida savob va yaxşilik olinsa, ikkinçidan Muqaddas oyning hurmati ham joyiga qöyiladi.

Saharlik

Röza luğatda – “siyom” deb atalib, özini bir narsadan tiyişni bildiradi. Şariat istilohida esa: “Tong otgandan to quyoş botguniça niyat bilan rözani buzuvçi narsalardan özini tiyişdir”. Ya'ni, kişi saharlik vaqtidan to şom vaqtiga qadar yemay, içmay, jufti haloli bilan jinsiy aloqa qilmay turadi.

Foto: Shutterstock

Subhi sodiq kirişi bilan saharlik vaqti tugab, röza vaqti boşlanadi. Ikkisining örtasini ajratib turadigan uçinçi bir vaqt yöq. Saharlik öz vaqtida bölgani afzal. Lekin subhi sodiq kirgan-kirmagani borasida ikkilanadigan darajada keçiktiriş makruh. Röza tutiş niyatsiz bölmaydi, albatta, niyat qilinib, saharlik duosi öqilişi lozim.

Mavzuga oid: Rözadorning rözasini buzmaydigan amallar

Mavzuga oid: Ramazon oyida özingizni soğlom his qilişingiz uçun 10ta foydali maslahat

Oğiz yopiş duosi quyidagiça: “Navaytu an asuma sovma şahri ramazona minal fajri ilal mağribi, xolisan lillahi ta'ala. Allohu akbar”.

 

Iftorlik va taroveh

Iftorlik ham, albatta, niyat va duo ila qilinadi. Iftorlik (oğiz oçiş) duosi: “Allohumma laka sumtu va bika amantu va a'layka tavakkaltu va a'la rizqika aftartu, fağfirli ya ğoffaruma qoddamtu va ma axxortu birohmatika ya arhamar rohimiyn, Allohu akbar”.