Saudiya Arabistoni qiroli Salmon Ol Saud 16 may kechki vaqt musulmon ummatini muqaddas Ramazon oyining kirib kelishi bilan tabrikladi va uning butun dunyoda  xavfsiz, tinch-totuv o‘tishini tilab qoldi.

“Sizlarni muqaddas Ramazon oyi kirib kelishi bilan tabriklayman. Alloh ro‘za va ibodatlarni belgilab qo‘ygan, u vatanimizni va xalqimizni saqlasin, ezgulik va xavfsizlik keltirsin. Buni barcha musulmon davlatlarga tilab qolaman”, deb yozgan qirol tvitterda.

Joriy yilda Ramazon oyi boshlanishi 17 may kuniga to‘g‘ri keldi.