Butun dunyo Havayidagi Kilauea vulqoni otilişini xavotir bilan kuzatayotgan bir paytda, golfçilar oroldagi maydonlarda heç narsa bölmagandek golf öynamoqdalar. Sportçilar ortlarida tabiiy ofat avjiga çiqqaniga qaramay bir çuqurçadan ikkinçisiga şoşmagança harakat qilayotlarini köriş mumkin.

Foto: AFP

Xuddi şunga öxşaş vaziyatni 2017 yilda AQŞdagi örmon yonğinlari vaqtida kuzatiş mumkin bölgandi. Öşanda ham golfçilar ortlarida yonğin “quturayotganiga” qaramay, bamaylixotir golf öynab yurişgan. Biroq u holda yonğin suratdagidan köra uzoqroq bölgan va odamlarni undan daryo ajratib turgan.

Foto: twitter.com/Seref Sezgin

Geologlarning ta'kidlaşiça, Havayidagi vulqon istalgan vaqtda yanada kuçayişi mumkin. Vulqon otilişi jinslar otilişi va krater yaqinida portlaş bilan keçişi mumkin.

Kilauea 3-4 may kunlari otila boşlagan. U 5-6,9 magnitudali zilzilalar bilan keçgan.

Foto: AFP
Foto: AFP
Foto: AFP

 

Foto: AFP