Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona şahrida Apple hamasosçisi Stiv Voznyak bilan payşanba kuni bölib ötgan uçraşuvda ma'lum qilişiça, kriptovalyutaning paydo bölişi dunyoda bir valyuta hukmronligiga javob böldi.

Nazarboyev payşanba kuni Ostona şahrida Ostona iqtisodiy forumida iştirok etiş uçun kelgan Apple şirkati hamasosçisi Stiv Voznyak bilan uçraşdi. Uçraşuvda tomonlar raqamlaştirişning alohida masalalari va kriptovalyuta rivojlaniş istiqbollarini muhokama qildi.
«Nursulton Nazarboyevning körsatişiça, emissiya markazlari tomonidan boşqarilmaydigan kriptovalyuta paydo bölişining sababi bir valyutaning dunyodagi ustunligidadir. Şu bilan birga, davlat rahbarining ta'kidlaşiça, Qozoğiston hisob-kitoblarda milliy valyuta bilan birgalikda, boşqa valyutalardan ham foydalanmoqda», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Voznyak, öz navbatida, Qozoğiston prezidentiga forumda iştirok etiş va global muammolar yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildiriş imkoniyati uçun minnatdorlik bildirdi. «Valyutalar heç qaçon universal bölmagan - simsiz aloqadan farqli ölaroq. Boşqa tomondan, kriptovalyutaning katta afzalligi şundaki, ular nazorat qilinmaydi, rivojlanişda töxtatmaydi va universal hamda global böladi», - dedi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nazarboyev yoşlardan umidi katta ekani haqida ma'lum qilgandi.











