Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya taxt vorisining yo‘qolishi jamoatchilikda shubha uyg‘otmoqda
Foto: Daily Sabah
Saudiya Arabistoni qirolligi shahzodasi Muhammad ibn Salmon bir oydan buyon omma oldida chiqish qilmagan. Shuning bilan, 21 aprel kuni yuz bergan voqea qisman tasdig‘ini topmoqda, deb yozadi Daily Sabah nashri.
Bir nechta mahalliy nashrlar va mustaqil jurnalistlar joriy yilning 21 aprel kuni Ar-Riyoddagi qirollik saroyida otishma va portlash ovozlari eshitilganini ma'lum qilgandi. OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, bu ovozlar qirollikda davlat to‘ntaruviga urinish bo‘lganidan dalolat beradi.
The Wall Street Journal jurnalisti Margarita Stankatining ta'kidlashicha, o‘sha kuni hech qanday jiddiy holat yuz bermagan. Shunchaki qirol qarorgohiga o‘yinchoq dron yoki samolyotcha juda yaqin uchib kelgandi.
Erondagi nashrlarning yozishicha, shu kuni valiahd Muhammad ibn Salmon jiddiy jarohatlangan. Jamoatchilik va jurnalistlar qurshovini xush ko‘ruvchi shahzoda oxirgi marta AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeoning Saudiya Arabistoniga tashrifidan so‘ng ommaga ko‘rinmayotir.
32 yoshli islohotchi shahzoda allaqachon korrupsiyaga qarshi kampaniyaga boshchilik qilib, xalq mehrini qozongan. Biroq, taxt vorisining bunday harakatlanishi qirollik oilasining ko‘plab vakillariga xush yoqmagandi.
Mavzuga oid
22:53 / 27.01.2026
Saudiya Arabistoni ulkan Mukaab kubi loyihasini muzlatib qo‘ydi – OAV
14:20 / 24.01.2026
O‘zbekistonda Saudiya Arabistonining yangi elchisi ish boshladi
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026