Siemens va Uz-Kor Gas Chemical yaqin kelajakda Ustyurt gaz-kimyo majmuasi maydonçasida aylanuvçi uskunaga 15 yil davomida texnik xizmat körsatiş böyiça şartnoma imzolaş maqsadida bayonnoma imzoladi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Uşbu hujjat 14-17 may kunlari Siemens kompaniyasining Rossiya va Markaziy Osiyodagi prezidenti Ditrix Myoller boşçiligidagi delegatsiyaning Özbekistonga taşrifi çoğida imzolandi.
Siemens vakillari «Özbekneftegaz» AJ boşqaruvi raisining örinbosari Odil Temirov bilan uçraşib, Qaşqadaryo viloyatida sintetik suyuq yoqilğini işlab çiqariş böyiça zavod qurilişi işlarini muhokama qilişdi. Siemens texnologiyalari Buxoro viloyatidagi «Uçqir» konida quvvatlovçi kompressor stansiyasining loyihasini amalga oşirişda ham qöllanilişi mumkin.
«Ötgan yilning noyabrida Siemens va Özbekiston keng kölamli hamkorlik dasturini e'lon qildi. Öşanda yoqilği-energetika kompleksi, aqlli şaharlar (şahar infratuzilmasini raqamlaştiriş) va soğliqni saqlaş sohasidagi texnologik hamkorlik töğrisida bitimlar imzolandi. Ötgan olti oy mobaynida biz barça sohalarda hamkorlarimiz bilan muloqotda sezilarli muvaffaqiyatlarga erişdik. Siemens mamlakatni Markaziy Osiyodagi istiqbolli bozorlardan biri deb biladi va yaqin kelajakda qöşma loyihalarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda», - deya ta'kidlab ötdi Ditrix Myoller.
Taşrif çoğida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov, vazirlik va idoralar vakillari, biznes şeriklar bilan energetika, sanoat va boşqa sohalardagi mavjud hamda kelgusidagi qöşma loyihalar muhokama qilindi.

















