Osiyo taraqqiyot banki yollagan xalqaro ekspert Özbekistondagi yöllarda termoplastik çiziqlar ötkaziş, yöl çegaralarini, reflektor hamda ustunlarni yaxşilaş zarurligini ta'kidlamoqda.

Ma'lum qilinişiça, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan qilingan murojaatga asosan Özbekistondagi avtomobil yöllari holatini örganiş maqsadida, şu soha böyiça xalqaro ekspert hisoblangan – Filipp Jordon Özbekistonda böldi.

«​Xalqaro ekspert öz safari çoğida Respublikamiz hududidagi xalqaro ahamiyatga ega bölgan – A-380 «Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yölini, şuningdek, M-37 avtomobil yölining «Samarqand-Buxoro», M-39 avtomobil yölining «Toşkent–Samarqand» yönalişini, A-373 «​Toşkent-Öş»​ avtomobil yölini közdan keçirdi»​, deyiladi Avtomobil yöllar davlat qömitasi Axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Jarayon yakunlari böyiça Filipp Jordon qömita tizimidagi korxonalar mutasaddilari hamda loyiha taşkilotlari iştirokida öz taqdimotini ötkazgan. Şuningdek, Özbekistondagi yöllarda termoplastik çiziqlar ötkaziş, yöl çegaralarini, reflektor hamda ustunlarni yaxşilaş va boşqa masalalarda öz tavsiyalarini bildirgan.

Ma'lumot uçun, Osiyo taraqqiyot banki – Özbekistondagi yöl qurilişi va rekonstruksiyasi böyiça yirik şeriklardan biri hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, Toşkent tumani «Yöllardan foydalaniş unitar korxonasi»ning moddiy texnika bazasini mustahkamlaş va avtomobil yöllarining holatini yaxşilaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasiga deputat sörovi yuborilgandi. Sörovni körib çiqiş muddati 10 kun etib belgilangan.