Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaysi davlatlarga bostirib kirish «harbiy dahshat» keltirishi ma'lum qilindi
Shvetsiyaning Svenska Dagbladet nashri qaysi mamlakatlar hududiga harbiy yo‘l bilan ehtimoliy bostirib kirish dushman tomonga «harbiy dahshat» keltirishi haqida ma'lumot berilgan maqolani e'lon qildi.
Materialda aytilishicha, Rossiya, Shveytsariya va Yangi Zelandiya kabi qator davlat hududiga bostirib kirish ehtimoliy raqibga «harbiy dahshat» keltirishi mumkin.
Maqola mualliflari ko‘rsatilgan davlatlardagi tabiiy landshaft, shuningdek, yomon ob-havo sharoitlariga urg‘u berishgan.
Xususan, Rossiya «keng tog‘ tizmalari, o‘tib bo‘lmas botqoqlar, sovuq tundralar, oqimi kuchli daryolar va chegarasi yo‘q o‘rmonlar» bilan mashhur.
«Rossiyaga bostirib kirish g‘oyasi ustida o‘ylayotganlar, mahalliy sharoit bilan bog‘liq barcha turdagi muammolarga ham tayyor turishi lozim», - deya yozadi Shvetsiya nashri.
Shuningdek ta'kidlanishicha, ruslar harbiy ishda katta tajribaga ega, bu yirik xalqaro urushlar, partizanlik janglarida ishtirok etishga asoslangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQShning «Abrams» tankini Rossiyaning «Armata»si bilan taqqoslagandi.
Mavzuga oid
21:33 / 02.07.2026
Xalqaro Buker mukofoti nomi rossiyalik milliarder sharafiga o‘zgartiriladi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
11:21 / 02.07.2026