Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Yevropa kuni munosabati bilan bayonot berdi. U mamlakatda YeI davlatlari bilan yaqinlashishga urinish bo‘yicha sa'y-harakatlar ifodasi sanalib, nishonlanadi.
«Yevropa – bu endi faqatgina geografik toifa emas. Bu, birinchi navbatda, mustaqillik, demokratiya va inson huquqlari hamda erkinliklariga hurmatning umumiy qadriyatlari», - deya yozgan u Twitter’da.
Ukraina yetakchisining ishonch bildirishicha, mamlakat «Yevropa katta oilasining a'zosiga albatta aylanadi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Qrim ko‘prigi haqida bayonot bergandi.

















