«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK 2018 yilning 29 mayidan boshlab, Toshkent-Termiz-Toshkent yo‘nalishida qatnovlar sonini haftasiga 3tadan 4tagacha oshirmoqda. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.
To‘rtinchi muntazam qatnov seshanba kunlari Boeing-757 zamonaviy samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):
Seshanba: HY-065 Toshkent 10:35 - Termiz 11:50
Chorshanba: HY-066 Termiz 00:05 – Toshkent 01:20
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MAK Urganchga qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshirishi xabar qilingandi.
















