Eron ğarbida qöziqorindan 720 dan köproq odam zaharlandi, 9 kişi halok böldi. Bu haqda Eron favqulodda xizmati vakili Mujtab Xolidiyga iqtibos keltirgan holda ISNA axborot agentligi ma'lum qildi.
Xolidiyning aytişiça, Kirmanşox, Kurdiston, Luriston, Zanjon, Ğarbiy Ozarboyjon va Kazvin viloyatlarida 721 kişi zaharli qöziqorindan zaharlangan. 50 ga yaqin kişi öta oğir ahvolda bölib, ulardan bir neçasiga zudlik bilan buyrak köçirib ötkazilişi talab qilinmoqda.
Yasuja tibbiy fanlar universitetining ma'lum qilişiça, zaharli qöziqorinlarning taşqi körinişi va ta'mi yesa böladiganlaridan farq qilmaydi. Qöziqorinning zaharli ekanini laboratoriya tajribalari ötkaziş orqaligina aniqlaş mumkin.

















