Grozniydagi cherkovga hujum vaqtida halok bo‘lgan kishining shaxsi aniqlandi, dedi jurnalistlarga Maxachkala va Grozniy Varlaam arxiyepiskopi.
"Bu O‘zbekistondan kelgan Artemiy, u shu yerda yashardi, qarindoshlarini izlayotgandi. Bu yerda uning yaqinlari yo‘q, shu bois uning dafn marosimi bilan biz shug‘ullanamiz", - deya arxiyepiskopning so‘zlarini keltiradi RIA "Novosti".
Uning so‘zlariga ko‘ra, yeparxiya shuningdek shifoxonadagi jabrlanganlarga moliyaviy va tibbiy vositalar bilan yordam ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, arxiyepiskop patriarx Kirill bilan suhbatlashgani va u barcha pravoslavlarni tinchlik saqlashga chaqirganini ma'lum qildi.
Kuni kecha 4 nafar jangari Grozniy markazidagi Arxangel Mixail cherkoviga bostirib kirgan. Cherkovni qo‘riqlayotgan 2 politsiyachi va yana bir kishi hujum qurboniga aylangan. Shuningdek 2 nafar huquq-tartibot organi xodimi ham jabrlangan.
Maxsus operatsiya natijasida hujum bartaraf qilingan, ularning shaxsi aniqlangan. Respublika rahbari Ramzon Qodirovning aytishicha, hujumni amalga oshirganlarning 2 nafari Grozniy yaqinidagi Geldagan qishlog‘ida yashagan, guruh rahbari "qo‘shni mintaqalardan birining fuqarosi bo‘lgan". Uning so‘zlariga ko‘ra, "jangarilar G‘arb mamlakatlaridan biri tomonidan berilgan buyruq asosida harakat qilishganiga doir ma'lumot bor".















