Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev 20 may kuni Şarqiy harbiy okrugga qaraşli harbiy qismlardan biriga taşrif buyurdi.
«Mamlakatimizning yangi Mudofaa doktrinasiga muvofiq bu yerda tarkibiy-taşkiliy özgarişlar amalga oşirilgan. Oziq-ovqat bilan ta'minlaş böyiça autsorsing tizimi joriy qilingan. Bu harbiy xizmatçilarning butun kuç-ğayratini öz professional malakasini oşirişga qaratiş imkonini bermoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbari askarlarning qanday kitob öqigani bilan qiziqqan.
«Harbiy xizmatçilarning bir daqiqa vaqtiyam bekor ötmasligi kerak. Jismoniy maşğulotlar bilan birga har kuni öqişi, çet tilini örganişi, dunyoqaraşini kengaytirişi zarur. Vatan himoyaçisi degan nomga har kuni munosib böliş kerak», degan Şavkat Mirziyoyev.
Harbiy qismda şaxsiy tarkibning jangovar mahoratini oşirişi, sport bilan şuğullanişi uçun barça şaroit yaratilgan. Dam oliş kunlarida bu yerda olimlar va san'atkorlar bilan uçraşuvlar ötkaziladi, spektakllar namoyiş etiladi.


Şavkat Mirziyoyev şu yerga töplangan askarlar, ziyolilar bilan suhbatlaşgan.
«Armiyani moddiy jihatdan ta'minlayapmiz, zamonaviy texnika va aslahalar bilan qurollantiryapmiz. Ammo şaxsiy tarkibning ma'naviy-ruhiy tayyorgarligiga yetarliça e'tibor berilmayapti. Jismoniy va jangovar holatni sinovdan ötkaziş böyiça poligonlar, maşğulotlar bor. Xuddi şunday, askarlar ma'naviyati, ruhan baquvvatligi böyiça ham katta tayyorgarlik bölişi kerak», degan prezident.

Davlat rahbari harbiy xizmatçilarning ma'naviy-ruhiy tayyorgarligini oşirişga doir qaror işlab çiqiş böyiça topşiriq bergan.

















